Valeriy Nepomnyashchiy Oʻzbekistonni Rossiyaga qarshi oʻyinning favoriti deb atadi

Sovet va rossiyalik murabbiy hamda funksioner Valeriy Nepomnyashchiy nima uchun Oʻzbekiston terma jamoasini Rossiya terma jamoasiga qarshi boʻladigan yaqinlashib kelayotgan oʻrtoqlik uchrashuvining favoriti deb hisoblashini tushuntirdi.

«Birinchidan, Oʻzbekiston futbol terma jamoasi yozda oʻtgan jahon chempionati ishtirokchisi. Ikkinchidan, koʻplab oʻzbek futbolchilari Yevropa ligalarida, jumladan RPLda ham toʻp surishadi. Va, men bilishimcha, boʻlajak oʻyinda Rossiya milliy jamoasi optimal tarkibda maydonga tusha olmaydi. Shuning uchun, mening fikrimcha, bu uchrashuvda favoritlar aynan oʻzbeklardir. Va, menimcha, rossiyalik futbolchilarga payshanba kuni munosib koʻrinish uchun juda qattiq ter toʻkishiga toʻgʻri keladi», — deya Nepomnyashchiy soʻzlarini «RB Sport» keltiradi.

Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida uchrashuv 12 noyabr kuni boʻlib oʻtadi va 18:00 da boshlanadi. 17 noyabr kuni Oʻzbekiston milliy jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi oʻynaydi.

Nepomnyashiy 2006 yilda «Paxtakor» va Oʻzbekiston terma jamoasini boshqargan.

Mavzu boʻyicha yangiliklar

Izohlar
Izohlar yoʻq. Birinchi boʻling!