Cannavaro Rossiyaga qarshi oʻyinda Xusanovning yoʻqligi haqidagi savolga javob berdi

Oʻzbekiston futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Rossiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida «Manchester City» himoyachisi Abduqodir Husanovning yoʻqligi haqida gapirdi. Oʻzbekiston oʻyin davomida ikki gol farqi bilan hisobda oldinda borayotgan edi (2:0), biroq yakunda magʻlub boʻldi (2:3).

«Shubhasiz, Xusanov — ajoyib futbolchi, yuqori darajadagi oʻyinchi. Ammo u ishtirok etgan oʻyinlarda ham biz magʻlub boʻlganmiz. Menimcha, bugun maydonga tushgan yigitlar oʻz vazifalarini yaxshi bajardilar. Ular hali yosh, ularning oldida katta kelajak va rivojlanish uchun ulkan salohiyat bor. Hozir meni natijadan koʻra koʻproq futbolchilarning shunday oʻyinlarda tajriba orttirishi qiziqtiradi».

Husanov bor yoki yoʻq — men faqat oldinga qarayman va ixtiyorimdagi hamda maydonga tushayotgan futbolchilarga ishonaman. Bugun yana ikki nafar yosh futbolchimiz debyut qildi va ular oʻzlarini juda yaxshi koʻrsatishdi.

Men har doim ijobiy kayfiyatdaman. Agar biz yuqori intensivlikda oʻynasak, diqqatni saqlab qolsak va yagona jamoa sifatida harakat qilsak, istalgan raqibga munosib qarshilik koʻrsata olamiz. Jahon chempionatidan keyingi soʻnggi toʻrtta oʻyinga qarasak, hozir jamoaga boʻlgan ishonchim yanada kuchaydi», — dedi Kannavaro.

Oʻzbekiston terma jamoasi yilni 17 noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyin bilan yakunlaydi. Xusanov jarohati sabab milliy terma jamoa ixtiyoriga yetib kelmadi.

Mavzu boʻyicha yangiliklar

Izohlar
Izohlar yoʻq. Birinchi boʻling!