Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi Akmal Shorahmedov amaldagi milliy jamoa futbolchilarining mahorat darajasini keskin tanqid qildi. Uning soʻzlarini Championat.asia keltirmoqda.
«Men Rossiya bilan oʻyinni toʻla stadionda tomosha qildim. Men futbolga jurnalistlar qaragandek qaramayman. Rostini aytsam, hech qanday taktik yangiliklarni koʻrmadim. Bizning legionerlarimiz yaxshi formada, lekin tarkibimizda ular bilan raqobatlasha oladigan futbolchilar kam. Hech kim raqobatlasha olmaydi, ayniqsa yarim himoyada. Agar kimdir jarohat olsa, uni almashtira olmaydi. Rossiya yarim himoyasi, ayniqsa Batrakov, yaxshi taassurot qoldirdi.
Biz bitta tarkibda yomon emasmiz, lekin raqiblar [ogʻriqsiz] 4-5 nafar oʻyinchini almashtiradi. Bizga 20 kishilik butun tarkibni kuchaytirish kerak.
Kuchli jamoalar ishtirokidagi oʻyinlar koʻpincha oxirgi daqiqalarda hal boʻladi. Birinchi taymda jamoalar bir-birini oʻrganadi, ehtiyotkor oʻynaydi. Oʻyin ikkinchi taymda ochilganda, zaxira futbolchilari oldinga chiqadi», — dedi Shorahmedov.
Bugun, 17 noyabr kuni, Oʻzbekiston futbol terma jamoasi 2026 yildagi soʻnggi oʻyinini oʻtkazadi. “Oq boʻrilar” Dohada Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 20:30 da Toshkent vaqti bilan boshlanadi.


























