Bugun, 17 noyabr kuni, oʻrtoqlik uchrashuvida Saudiya Arabistoni va Oʻzbekiston milliy terma jamoalari oʻzaro toʻqnash keladi.
Qatar poytaxti Doha shahridagi oʻyin Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi. Oʻzbekistonda uchrashuvni Futbol TV telekanalida jonli efirda tomosha qilish mumkin boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi hozir FIFA reytingida 61-oʻrinni egallab turibdi, saudiyaliklar esa 54-pogʻonada joylashgan.
Har ikki jamoa uchun bu yildagi oxirgi oʻyin. 2026-yilda Saudiya Arabistoni terma jamoasi hisobida oʻn toʻrtta oʻyinda besh gʻalaba, toʻrt durang va besh magʻlubiyat bor. Oʻzbekiston esa oʻn ikkita oʻyinda toʻrt gʻalaba, bir durang va yetti magʻlubiyat qayd etgan.


























