Umarali Rahmonaliev rossiyalik klubga oʻtishga yaqin

Oʻzbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev, ehtimol, oʻz faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettiradi.

Ozarbayjonning Sport24.az nashri manbalariga tayanib xabar berishicha, 23 yoshli futbolchining xizmatlari agentlar orqali Qozonning «Rubin» va «Krasnodar» klublariga taklif qilingan.

Hozircha Rossiya klublari Rahmonaliyevning transferiga qiziqish bildirgan-bildirmagani yoki muzokaralar boshlangan-boshlanmagani haqida maʼlumot yoʻq.

Taʼkidlash joizki, oʻzbek yarim himoyachisi 2023-2025 mavsumida «Rubin» safida oʻynagan. 2025 yil yanvarida u ijara asosida Ozarbayjonning «Sabah» klubiga oʻtdi, 2026 yil yanvarida esa Boku klubi futbolchining transfer huquqlarini toʻliq sotib oldi.

Hozirda «Krasnodar»ni Murad Musaev boshqarmoqda. Rossiyalik mutaxassis avval «Sabah»da bosh murabbiy sifatida ishlagan.

Rakhmonaliyevning Ozarbayjon klubidagi amaldagi shartnomasi 2028-yil 31-dekabrgacha moʻljallangan.

Mavzu boʻyicha yangiliklar

Izohlar
Izohlar yoʻq. Birinchi boʻling!