Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbari Toshkentga keldi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) rahbari Marius Vizer oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati starti oldidan Oʻzbekistonga keldi — turnirni Toshkent qabul qiladi. 19 dan 22 noyabrgacha Olimpiya shaharchasida oʻtadigan musobaqalarda 82 mamlakatdan qariyb 600 nafar yosh sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Toshkent-Xumo aeroportida IJF rahbarini Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi vakillari kutib oldi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston terma jamoasi Moskvada oʻtkazilgan SHHT ochiq dzyudo kubogida kuchli natija koʻrsatdi — uning hisobida turli darajadagi yetti medal bor.

Izohlar
Izohlar yoʻq. Birinchi boʻling!