Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi ikkinchi nazorat oʻyinida Venesuela yoshlar jamoasini yirik hisobda magʻlub etdi.
Uchrashuv 5:2 hisobida yakunlandi. Oʻzbekiston uchun uchta golni Kamron Yusupov urdi (15, 45, 53-daqiqalar). Shuningdek, Kuvonch Abraev (28-daqiqa, penaltidan) va Behruz Kupaysinov (70) ham gol urishdi. Venesuela tarkibida Kuelyar va Vilches bittadan gol urdi — mos ravishda yettinchi va 67-daqiqalarda. 78-daqiqada, hisob allaqachon 5:2 boʻlib turganida, Uluqbek Maratov maydondan chetlatildi.
Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi tarkibi: Neʼmatulloh Rustamjonov, Shorahim Shorahmedov, Quvonch Abraev, Tohir Ashurboev, Abubakir Shukurullayev, Nurmuhammad Abdugʻaniev, Behruz Abdusattorov, Abdulvosit Soliev, Muhammadali Dilshodbekov, Asilbek Abdurasulov, Kamron Yusupov.
Jamoalarning birinchi uchrashuvi jangovar durang bilan yakunlandi — 2:2. Ikkala oʻyin ham Toshkentda, Milliy futbol markazi hududida oʻtkazildi.



























