Millatlar ligasi pley-offining barcha ishtirokchilari aniqlandi

UEFA Millatlar ligasi 2026/27 guruh bosqichi yakuniga yetdi. Chorak finalga Fransiya, Belgiya, Germaniya, Niderlandiya, Angliya, Ispaniya, Norvegiya va Portugaliya jamoalari yoʻl oldi.

1/4 final bosqichining qurʼasi 20 noyabrda oʻtkaziladi. Raundning birinchi qismi oʻyinlari 2027 yil 25–27 martga, javob uchrashuvlari esa 28–30 martga rejalashtirilgan. Turnir finali 2027 yil 9–13 iyunga moʻljallangan.

Amaldagi chempion unvonini Portugaliya terma jamoasi saqlab turibdi. Oʻtgan mavsumning hal qiluvchi oʻyinida portugallar Ispaniya bilan 2:2 hisobida durang oʻynadi, penaltilar seriyasida esa 5:3 hisobida ustun keldi.

Millatlar ligasi natijalari Yevro-2028 saralashiga ham taʼsir qiladi.

Izohlar
Izohlar yoʻq. Birinchi boʻling!