Oʻzbekiston terma jamoasining Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyin uchun tarkibi eʼlon qilindi

Oʻzbekiston terma jamoasi seshanba, 17 noyabr kuni 2026 yildagi soʻnggi oʻyinini Saudiya Arabistoni milliy jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro oʻyin uchun tarkibni eʼlon qildi.

Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi quyidagicha koʻrinadi: Nematov, Karimov, Ashurmatov, Urozov, Mahamadjonov, Xamrobekov, Mozgovoy, Rahmonaliev, Esanov, Fayzullayev, Norchaev.

Oʻzbekiston futbol terma jamoasining Saudiya Arabistoni bilan oʻrtoqlik uchrashuvi uchun tarkibi
Oʻzbekiston futbol terma jamoasining Saudiya Arabistoni bilan oʻrtoqlik uchrashuvi uchun tarkibi

Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Eldor Shomurodovning yoʻqligi yaqqol seziladi. Jamoa sardori hujum chizigʻida Husayn Norchaev bilan almashtirildi.

Saudiya Arabistoni va Oʻzbekiston jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv Qatar poytaxti Doha shahrida boʻlib oʻtadi va Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.

Mavzu boʻyicha yangiliklar

Izohlar
Izohlar yoʻq. Birinchi boʻling!