Oʻzbekiston terma jamoasi FIFA reytingida bir pogʻonaga koʻtarildi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi doʻstlik uchrashuvida Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan gʻalabadan (2:1) soʻng jahon reytingidagi oʻrnini yaxshiladi

18 noyabr holatiga koʻra, Fabio Kannavaro boshchiligidagi Oʻzbekiston terma jamoasi FIFAning onlayn reytingida 1418,10 ball bilan 60-oʻrinni egallab turibdi.

Eslatib oʻtamiz, 12 noyabr kuni Oʻzbekiston jamoasi Toshkentda Rossiyaga 2:3 hisobida yutqazib, 3,86 reyting ballini yoʻqotdi. Shundan soʻng terma jamoa 59-oʻrindan 61-oʻringa tushib, 1412,75 ball toʻpladi.

Biroq 17 noyabr kuni Dohada Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan gʻalaba (2:1) jamoaga qoʻshimcha 5,35 ball olib keldi. Shu tufayli Oʻzbekiston jahon reytingida 60-oʻringa koʻtarildi.

Shunday qilib, noyabr oyidagi ikki oʻrtoqlik uchrashuvi yakuniga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz reyting koʻrsatkichini 1,49 ballga oshirdi. Shunga qaramay, boshqa milliy jamoalar natijalari sababli Kannavaro shogirdlari hali avvalgi 59-oʻringa qayta olishmadi.

Mavzu boʻyicha yangiliklar

Izohlar
Izohlar yoʻq. Birinchi boʻling!