Oʻzbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pogʻonani yoʻqotdi

Oʻzbekiston terma jamoasi Rossiyaga magʻlub boʻlgach, FIFA reytingida ikki pogʻona pastladi. Eslatib oʻtamiz, 12 noyabr kuni Oʻzbekiston Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida hisobda 2:0 oldinda borayotganiga qaramay, Rossiyaga 2:3 hisobida yutqazdi.

Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa 3,86 reyting ochkosini yoʻqotib, 59-oʻrindan 61-oʻringa tushib ketdi. Oʻzbekistonning umumiy ochkolari soni 1412,75 ni tashkil etadi.

Rossiya terma jamoasi, aksincha, gʻalaba evaziga 3,86 ochko oldi. Valeriy Karpin jamoasi 1541,31 ochko bilan 35-oʻrinda qoldi.

Shuni taʼkidlash kerakki, hozircha bu faqat joriy reytingdagi oʻzgarishlardir. FIFAning keyingi rasmiy reytingi 18 noyabr kuni eʼlon qilinadi.

Oʻzbekiston terma jamoasi oʻzining keyingi oʻrtoqlik uchrashuvini 17 noyabr kuni Dohada Saudiya Arabistoniga qarshi oʻtkazadi.

Mavzu boʻyicha yangiliklar

Izohlar
Izohlar yoʻq. Birinchi boʻling!