«PSJ» darvozaboni Safonov: Rossiya Oʻzbekistondan gʻalati gollar oʻtkazib yubordi

"PSJ" va Rossiya terma jamoasi darvozaboni Matvey Safonov Oʻzbekiston bilan oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazib yuborilgan gollar haqida fikr bildirdi. Uchrashuv Rossiya foydasiga 3:2 hisobida yakunlandi. Shu bilan birga, oʻyin davomida Rossiya terma jamoasi 0:2 hisobida ortda borayotgan edi.

«Oʻzbekiston bilan oʻyindan yaxshi hissiyotlar oldik, kambek qildik, gʻalabaga boʻlgan yaxshi intilishni koʻrsatdik. Yigitlar ijobiy natijaga erishgani uchun zoʻr qilishdi. Balki, bu eng muhimi. Oʻtkazib yuborilgan gollar borasida esa, ular qandaydir gʻalati, keraksiz boʻlib chiqqani tushunarli. Ammo futbolda har xil holatlar boʻladi, bu oʻyinda odatda boʻlmaydigan narsa yuz berdi», — dedi Safonov Championat Asia nashriga bergan intervyusida.

17 noyabr kuni Oʻzbekiston terma jamoasi 2026 yilda soʻnggi oʻyinini oʻtkazadi. Milliy terma jamoa Qatarning poytaxti Doha shahrida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.

Mavzu boʻyicha yangiliklar

Izohlar
Izohlar yoʻq. Birinchi boʻling!