FIFA prezidentligiga nomzod Ramon Vega Rossiyaga xalqaro turnirlarda ishtirok etishga ruxsat berishini aytdi. «Sport-Ekspress» nashriga bergan intervyusida u Rossiya futbol ittifoqi (RFS) bilan aloqalari borligini maʼlum qildi.
– RFUdan kim bilandir gaplashdingizmi?
– Ha, biz koʻplab tomonlar bilan, jumladan RFU va Markaziy Yevropa federatsiyalari bilan ham gaplashyapmiz. Menimcha, Rossiya tomoniga juda adolatsiz munosabatda boʻlingan. Men RFUga hamdardman va sizlar imkon qadar tezroq xalqaro turnirlarga qaytishingizga umid qilaman. Agar men FIFA prezidenti boʻlganimda, Rossiyani xalqaro musobaqalarga qaytargan boʻlardim.
Siyosatni sportga olib kirish — bu xato. Futbolchilar butun umr mashq qilishgan, ammo oʻzlari aloqador boʻlmagan narsalar sabab oʻynay olmayapti. Men futbolni mamlakatlarni yaqinlashtirishga urinish uchun ishlatgan boʻlardim, dushmanlar koʻpaytirish va bir tomonni yoki boshqasini jazolash uchun emas. Bu hech kimga yordam bermaydi.
Men odamlar Rossiyada qanchalik koʻp iqtidorli futbolchilar borligini tushunishini istayman: Yevropadagi bunday ulkan mamlakatni shunchaki payqashmaydi. Besh yil — bu butun bir avlod. Masalan, Rossiyaning chetlatilgani sababli eng yaxshi yillarini ham yoʻqotayotgan Matvey Safonovni olaylik, — dedi «Tottenxem»ning sobiq himoyachisi.
Eslatib oʻtamiz, Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) FIFA prezidenti saylovida fransuz Filipp Dialloni qoʻllab-quvvatlash niyatida.








