Oʻzbekiston terma jamoasi Rossiyaga yutqazdi, garchi 2:0 hisobida oldinda borayotgan boʻlsa ham

Toshkentda “Paxtakor” stadionida Oʻzbekiston va Rossiya terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi yakunlandi. Uchrashuv mehmonlarning 3:2 hisobidagi gʻalabasi bilan tugadi.

Birinchi taym 1:0 hisobida Oʻzbekiston foydasiga yakunlandi. 5-daqiqada Rossiya terma jamoasi himoyachisi Viktor Melyoxin burchak zarbasidan keyin oʻz darvozasiga gol urdi.

Ikkinchi taymning boshida Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Behruz Karimov hujumga qoʻshildi, jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi va hisobni 2:0 ga yetkazdi.

Oʻzbekiston terma jamoasi ustunlikni saqlab qola olmadi. Oʻyinning borishini Rossiya terma jamoasining zaxiradagilari oʻzgartirdi. Nikolay Komlichenko 70 va 75-daqiqalarda bittadan gol urib, hisobni 2:2 qildi. 79-daqiqada Aleksey Miranchuk hal qiluvchi golni urdi. Yakuniy hisob — Rossiya foydasiga 3:2.

Oʻzbekiston terma jamoasi uchun bu 2026 yilda oʻz muxlislari oldidagi soʻnggi oʻyin edi. Yilning yakuniy uchrashuvini Fabio Kannavaro jamoasi 17 noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuv Qatar poytaxti Dohada boʻlib oʻtadi.

Mavzu boʻyicha yangiliklar

Izohlar
Izohlar yoʻq. Birinchi boʻling!