Oʻzbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Saudiya Arabistoniga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi davomida ogʻir jarohat oldi.
Saudiya Arabistoni va Oʻzbekiston terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin seshanba kuni, 17 noyabrda, Qatar poytaxti Dohada boʻlib oʻtdi va Fabio Kannavaro jamoasi foydasiga 2:1 hisobida yakunlandi.
51-daqiqadan boshlab Saudiya Arabistoni kamchilikda oʻynadi. Himoyachi Ali Al-Avjami Abbosbek Fayzullayevga nisbatan qoʻpol fol uchun toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka oldi. Qoidabuzarlik juda qoʻpol edi. Fayzullayev maydonni oʻzi tark eta olmadi. Uni stadiondan tez yordam mashinasida olib ketishdi.
Jarohatning aniq xususiyati va tashxis keyinroq maʼlum boʻladi.
Oʻzbekiston terma jamoasi 2026 yilda soʻnggi oʻyinini oʻtkazdi.


























