Taxminan ming nafar rossiyalik muxlis Toshkentda Oʻzbekiston va Rossiya terma jamoalari oʻrtasidagi doʻstlik uchrashuviga tashrif buyuradi. Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadioni rasmiy ravishda 35 000 tomoshabinga moʻljallangan.
«Taxminan 1 ming nafar rossiyalik muxlis kutilmoqda», – deya xabar beradi Rossiya axborot agentligi TASS Rossiya futbol ittifoqi (RFS)ga tayanib.

Oʻzbekiston va Rossiya jamoalari oʻrtasidagi doʻstlik uchrashuvi 12 noyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtadi. Uchrashuv 22:00 da boshlanadi.



























