«Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovin jarohati sabab noyabr oyidagi Rossiya terma jamoasi yigʻinida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda futbolchining agenti Aleksandr Klyuyev maʼlum qildi.
Le-Manga qarshi Liga 1ning 10-turidagi oʻyinda voqea yuz berdi: Golovin ikkinchi taym boshida maydonni tark etishga majbur boʻldi.
«Sashada jarohat bor, u milliy terma jamoa yigʻinini oʻtkazib yuboradi. Aniq joylashuvi hozircha aniqlanmagan, ammo, ehtimol, bu boldir mushagi sohasi. Tiklanish muddatlari boʻyicha "Monako" tibbiy shtabining rasmiy xulosasini kutyapmiz», – deya Klyuyevni «Sport-Ekspress» keltiradi.
Jarohat sabab Golovin ham Oʻzbekistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi uchun qaydnomadan chiqib qoldi.
Eslatib oʻtamiz, 12 noyabr kuni Oʻzbekiston Toshkentda Rossiya terma jamoasini qabul qiladi. “Paxtakor” stadionidagi uchrashuv soat 20:00 da boshlanadi.



























