Oʻzbekiston terma jamoasi Rossiyaga qarshi oq libosda oʻynaydi

Payshanba, 12 noyabr kuni Oʻzbekiston va Rossiya terma jamoalari Toshkentda oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bellashuv “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtadi va soat 20:00 da boshlanadi.

Oʻyin arafasida jamoalar vakillari ishtirokida tashkiliy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston terma jamoasi toʻliq oq libosda, darvozabon esa sariq libosda maydonga tushishi belgilandi. Rossiya terma jamoasi oʻyinga toʻliq qizil toʻplamda chiqadi, darvozabon formasi esa yashil boʻladi.

Oʻzbekiston va Rossiya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv doʻstona boʻladi, ammo u uchun ochkolar FIFA reytingiga qoʻshiladi. Rossiya terma jamoasi unda 35-oʻrinda, Oʻzbekiston jamoasi esa 59-oʻrinda turibdi.

Mavzu boʻyicha yangiliklar

Izohlar
Izohlar yoʻq. Birinchi boʻling!