Tojikiston vakili Gulmurodi Sadullo Rossiya va Oʻzbekiston terma jamoalari oʻrtasidagi doʻstlik uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi, deb xabar beradi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining Telegram-kanalida.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) hakami Sadulloga yon hakamlar Hasan Karimov va Farhod Kuralov yordam beradi.
Oʻzbekiston va Rossiya terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin payshanba, 12 noyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtadi. Uchrashuv «Paxtakor» stadionida oʻtkaziladi va soat 20:00 da boshlanadi.
Jamoalar 2022 yil noyabrida allaqachon Toshkentda uchrashgan edi. Oʻsha uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan.



























