Oʻzbekiston terma jamoasining Rossiya va Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyinlari boshlanish vaqti eʼlon qilindi

Noyabr oyida, FIFAning rasmiy oynalari vaqtida Oʻzbekiston terma jamoasi ikkita oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa Rossiya va Saudiya Arabistoni bilan uchrashadi — oʻyinlar 9 dan 17 noyabrgacha boʻlgan davrda boʻlib oʻtadi.

Birinchi oʻyin 12 noyabr kuni Toshkentda “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtadi: oʻzbekistonliklarning raqibi Rossiya terma jamoasi boʻladi. Uchrashuv soat 20:00 da boshlanadi.

Ikkinchi oʻyin 17 noyabr kuni Dohada (Qatar) rejalashtirilgan. «Jassim bin Hamad» stadionida «Oq boʻrilar» Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi oʻynaydi. Boshlangʻich hushtak Toshkent vaqti bilan 20:30 da yangraydi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston — Rossiya oʻyini uchun chiptalar allaqachon sotuvga chiqarilgan.

Mavzu boʻyicha yangiliklar

Izohlar
Izohlar yoʻq. Birinchi boʻling!