Oʻzbekiston Rossiyaga qarshi: oʻyin soat nechada boshlanadi, uchrashuvni qayerda tomosha qilish mumkin

Bugun, 12 noyabr kuni, Oʻzbekiston va Rossiya terma jamoalari oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Fabio Kannavaro va Valeriy Karpin jamoalari oʻyini Toshkentda boʻlib oʻtadi.

Oʻyin «Paxtakor» stadionida boʻlib oʻtadi, boshlanish hushtagi Toshkent vaqti bilan 20:00 da yangraydi. Oʻzbekistondagi muxlislar uchrashuvni jonli efirda kuzatishlari mumkin — translyatsiyani Futbol TV telekanali namoyish etadi.

FIFA reytingida jamoalar turli oʻrinlarda joylashgan: Oʻzbekiston — 59-oʻrinda, Rossiya — 35-oʻrinda.

Oʻyinni tojikistonlik hakam Gulmurodi Sadullo boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi. Unga FIFA hakamlari Hasan Karimov va Farhod Kuralov yordam beradi.

Mavzu boʻyicha yangiliklar

Izohlar
Izohlar yoʻq. Birinchi boʻling!