Ronaldinyo 46 yoshida oʻynadi — Italiya uchinchi ligasida

Afsonaviy braziliyalik Ronaldinyo «Ravenna» safida Seriya Cning 14-turida «Forli» klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. 46 yoshli Ronaldinyo «Ravenna»ning boshlangʻich tarkibida maydonga tushdi va 36-daqiqada golga olib kelgan hujumda ishtirok etdi.

Ronaldinho 11 yildan keyin ilk rasmiy oʻyinini oʻtkazdi. Braziliyalik futbolchi oxirgi marta rasmiy uchrashuvda 2015 yil 26 sentyabrda maydonga tushgan edi, oʻshanda u «Fluminense» safida oʻynagan. 2018 yil yanvarida u professional faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. 2002 yilgi jahon chempioni va 2005 yilgi «Oltin toʻp» sohibi faoliyati davomida 299 ta gol urdi.

Ronaldinho 2026 yil yozida «Ravenna» bilan shartnoma imzoladi va Italiya uchinchi divizionida oʻynaydigan klubning aksiyadoriga aylandi. «Ravenna» prezidenti Inyatsio Chipriani braziliyalikni taklif qilishni uzoq yillik orzusining amalga oshishi deb atadi.

Mavzu boʻyicha yangiliklar

Izohlar
Izohlar yoʻq. Birinchi boʻling!