Amerika kompaniyasi Nike, sport kiyimlari va jihozlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, 2027/28 mavsumidan boshlab UEFAning klub turnirlari uchun futbol toʻplarining rasmiy yetkazib beruvchisi boʻladi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, Nike 2001 yildan beri Chempionlar ligasi uchun toʻplarni yetkazib kelgan nemis kompaniyasi Adidas oʻrnini egallaydi. Amerika brendi bilan tuzilgan kelishuv toʻrt mavsumga moʻljallangan boʻlib, 2031 yilgacha amal qiladi.
Taʼkidlanishicha, yangi kelishuv Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Konferensiyalar ligasi, Superkubok, UEFA Yoshlar ligasi, shuningdek futzal boʻyicha Chempionlar ligasiga ham tatbiq etiladi.
Eslatib oʻtamiz, UEFA va Adidas hamkorligi yillarida uchta chiziqli nemis brendi logotipi Chempionlar ligasining ramzlaridan biriga aylandi.
Amaldagi “quloqli” sovrin sohibi fransuz “PSJ” boʻlib, u turnirning oʻtgan mavsumi finalida londonlik “Arsenal”ni penaltilar seriyasida magʻlub etib, ushbu unvonni ketma-ket ikkinchi bor qoʻlga kiritdi.






