Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush milliy jamoaning sobiq sardori Krishtianu Ronalduning onasi Dolorej Aveyruning bayonotlariga izoh berdi. Mutaxassis ayolning soʻzlari uni ranjitmaganini taʼkidladi.
Eslatib oʻtamiz, Dolorej Aveyru oʻgʻliga terma jamoada munosabatdan noroziligini bildirdi va Daniyaga qarshi oʻyinda portugaliyaliklarning magʻlubiyatidan ochiqchasiga xursand boʻldi (1:4).
«Endi men Krishtianu Ronaldu onasining soʻzlariga munosabat bildirishim kerakmi? Men bu ayolni juda hurmat qilaman. U nima desa ham — u ona ekanini unutmaslik kerak. Men uning sabablarini tushunaman: ona har doim oʻz farzandlarini himoya qiladi. Dolorej mehribon ona, farzandlarini voyaga yetkazish uchun u koʻp narsani boshdan kechirishiga toʻgʻri keldi», — deya Jezushning soʻzlarini A Bola nashri keltiradi.
Shuni eslatib oʻtish joizki, noyabr oyida “Oltin toʻp”ning besh karra sohibi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini rasman yakunlaganini eʼlon qildi.











