Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Filipp Diallo va Vengriya futbol federatsiyasi rahbari Shandor Chanyiyni boʻlajak saylovlarda amaldagi FIFA prezidenti Janni Infantino uchun mumkin boʻlgan raqiblar sifatida koʻrib chiqmoqda. Bu haqda talkSPORT jurnalisti Ben Jeykobs xabar berdi.
16 noyabr kuni UEFA rahbariyati qoʻshimcha muzokaralar oʻtkazadi, ularning yakuniga koʻra nomzodlardan birini qoʻllab-quvvatlash masalasi hal boʻlishi mumkin. The Guardian maʼlumotiga koʻra, asosiy nomzod sifatida 2023 yildan beri Fransiya federatsiyasiga rahbarlik qilib kelayotgan 63 yoshli Diallo koʻrilmoqda.
Avval UEFA “Arsenal”ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Vengerni qoʻllab-quvvatlashni rejalashtirgan edi, biroq 77 yoshli mutaxassis FIFA prezidenti saylovlarida ishtirok etishdan bosh tortdi.
Oʻz nomzodini qoʻyish niyatini sobiq shveytsariyalik futbolchi Ramon Vega va yaponiyalik funksioner Kozo Tasima ham maʼlum qildi.








