Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Daniyaga qarshi oʻyinga Ronalduning futbolkalarida chiqishdi

Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi oʻyin oldidan milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan hujumchi Krishtianu Ronaldu sharafiga tadbir tashkil etdi.

Shanba kuni, 14 noyabrda Portugaliya Bragada Daniyaga qarshi Millatlar ligasi oʻyinini oʻtkazdi. Ronaldu yoʻqligida portugaliyaliklar daniyaliklarga 1:4 hisobida yirik hisobda yutqazdi.

Portugal jamoasi futbolchilari 7-raqamli futbolkalarda maydonga chiqishdi — terma jamoada shu raqam ostida Ronaldu oʻynagan. Muxlislar «Rahmat, kapitan!» yozuvi tushirilgan bannerni yoyishdi. Oʻyinning 7-daqiqasida muxlislar qarsak chalib, Ronaldu nomini hayqira boshlashdi.

Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida 5 noyabr kuni maʼlum qildi.

Mavzu boʻyicha yangiliklar

Izohlar
Izohlar yoʻq. Birinchi boʻling!