Argentina terma jamoasi Lionel Messisiz doʻstona uchrashuvda Urugvayga 1:2 hisobida yutqazdi. Uchrashuv Buenos-Ayresdagi «Alberto Xose Armando» stadionida boʻlib oʻtdi.
Barcha gollar ikkinchi taymda urildi. 48-daqiqada Leonardo Balerdi toʻpni oʻz darvozasiga kiritdi. Olti daqiqadan soʻng Maksimiliano Arauxo hisobni urugvayliklar foydasiga 2:0 ga yetkazdi. 73-daqiqada Xulian Alvares bitta gol qaytardi, biroq Argentinaga magʻlubiyatdan qutulib qolish nasib etmadi.
18 noyabr kuni Argentina Kosta-Rika bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi, Urugvay esa Dominikan Respublikasi bilan toʻqnash keladi.
Yana bir oʻrtoqlik oʻyinida Kolumbiya terma jamoasi oʻz maydonida Chili ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Uchrashuv Kali shahridagi «Olimpiko Pasqual Gerrero» stadionida boʻlib oʻtdi, oʻyinda avtogol hal qiluvchi boʻldi. 35-daqiqada Chili himoyachisi Gilyermo Maripan toʻpni oʻz darvozasiga yoʻlladi. Qolgan vaqtda hisob oʻzgarmadi va Kolumbiya minimal ustunlikni saqlab qoldi.
Natijalar
Argentina – Urugvay – 1:2
Gollar: Balerdi, 48 (oʻz darvozasiga); Arauxo, 54 – Alvares, 73.
Kolumbiya – Chili – 1:0
Gol: Maripan, 35 (oʻz darvozasiga).



























