UFCning sobiq chempioni, gruziyalik Merab Dvalishvili Abu-Dabidagi mehmonxonada janjal markazida qoldi — mojaro yengil vazn toifasida (70 kg gacha) amaldagi PFL chempioni rossiyalik Usman Nurmagomedov va uning atrofidagilar bilan yuz berdi. Sportchi keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda hammasi qanday boʻlganini aytib berdi va oʻzining hamda toʻqnashuvda qatnashgan doʻstining ahvoli haqida soʻzlab berdi.
«Men bilan 21 yoshli doʻstim — gruzin kurashchisi bor edi. U chekinmadi va Usmon hamda Umar Nurmagomedovlar bilan teng kurashdi. U hatto hazillashdi: «Agar meni faqat ikkita odam yenga olsa, demak, menga MMAga oʻtish vaqti keldi».»
Keyin u janjaldagi boshqa ishtirokchilar bilan ham olishib ketdi. Bu aql bovar qilmas edi… Qoʻriqchilar meni ushlab turgan paytda, bizga zarbalar berishdi — oyoq va mushtlar bilan urishdi. Bunday narsa umuman qanday mumkin?
Lekin bilasizmi, hayot ajoyib! Bizda hammasi joyida, bolalar», — deb yozdi Dvalishvili oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
🚨 Full footage of the brawl between Usman Nurmagomedov and Merab Dvalishvili is INSANE 😬
— Championship Rounds (@ChampRDS) November 11, 2026
(via @RedCorner_MMA) https://t.co/YkdpD4RjYw pic.twitter.com/uSqGbjfsyc












