Rossiyalik MMA jangchisi Usman Nurmagomedov Abu-Dabidagi sudning olti oylik qamoq haqidagi qaroriga apellyatsiya berishi mumkin.
Avvalroq rossiyalik MMA jangchisi Usman Nurmagomedov BAAda olti oyga hibsga olingani maʼlum boʻlgandi. Nurmagomedov 11 noyabr kuni Abu-Dabidagi mehmonxona lobbisida UFCning sobiq chempioni Merab Dvalishvili bilan janjaldan soʻng qoʻlga olingan.
«Jarima va olti oylik qamoq jazosini olgan mushtlashuv ishtirokchilari apellyatsiya berishlari mumkin boʻladi. U boʻyicha majlis ikki haftadan keyin oʻtkaziladi», — dedi TASSga vaziyatdan xabardor manba.






