Nurmagomedov aka-ukalari Abu-Dabidagi qamoqdan ozod qilindi

Abu-Dabi sudi rossiyalik MMA jangchilari Usman va Umar Nurmagomedovlarni hamda UFCning sobiq chempioni gruziyalik Merab Dvalishvili bilan boʻlgan mushtlashuvning boshqa ishtirokchilarini hibsdan ozod qildi.

Bunday qaror janjalda qatnashgan tomonlarning oʻzaro daʼvolardan voz kechgani va jabrlanuvchining Abu-Dabi hokimiyatiga hukm qilinganlarni ozod qilish haqidagi murojaatidan soʻng qabul qilindi. 6 oy qamoq va 300 ming dirham jarima 150 ming dirham jarimaga almashtirildi.

11 noyabr kuni Abu-Dabida Usmon Nurmagomedov va uning sheriklari Dvalishvili bilan mushtlashuv uyushtirdi. Shundan soʻng politsiya 10 kishini hibsga oldi, ulardan 8 nafari qamoq jazosiga hukm qilindi.

Izohlar
Izohlar yoʻq. Birinchi boʻling!