«PSJ»ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvaratsxeliya oʻz yurtdoshi, jangchi Merab Dvalishvili ishtirokidagi hodisaga izoh berdi.
Sobiq UFC chempioni Merab Dvalishvili hujumga uchradi rossiyalik Usman Nurmagomedov va uning doʻstlari tomonidan.
«Merab (Dvalishvili), Saba (Bolkvadze)! Rahmat, biz siz bilanmiz! Siz yana bir bor dunyoga gruzin, erkak va inson boʻlish nimani anglatishini koʻrsatdingiz. Sizni qoʻrqoqona, yashirincha va teng boʻlmagan sharoitda ranjitishga (haqorat qilishga) uringanlardan farqli oʻlaroq — erkaklar bunday qilmaydi va, albatta, ularda bu ish chiqmadi, gruzinlar bilan esa hech qachon chiqmaydi», — deb yozdi Kvaratsxeliya oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.












