Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Arsen Vengerning FIFA prezidenti saylovlarida oʻz nomzodini qoʻyishini qoʻllab-quvvatlaydi.
Avvalroq maʼlum boʻlishicha, «Arsenal»ning sobiq murabbiyi ushbu lavozim uchun kurashishga deyarli rozi boʻlishga tayyor.
The Telegraph maʼlumotlariga koʻra, Makron shaxsan Vengerga chiqdi va uni tashkilotning amaldagi rahbari Janni Infantinoga qarshi kurashishga koʻndirishga urinmoqda. Fransiya yetakchisi, shuningdek, vatandoshini qoʻllab-quvvatlashlari uchun boshqa davlatlar rahbarlariga ham murojaat qilishga tayyor. Biroq, Arsen tomonidan hozircha yakuniy javob berilmadi.
Shu bilan birga taʼkidlanadi: Makronning ochiq aralashuvi Afrikadagi mamlakatlarda Vengerga qarshi ishlashi mumkin, u yerda Fransiya prezidenti bilan munosabatlar soʻnggi paytlarda murakkablashgan.
Agar 77 yoshli mutaxassis baribir poygada ishtirok etishdan bosh tortsa, UEFA Yaponiya futbol assotsiatsiyasining faxriy rahbari Kozo Tasima nomzodiga eʼtibor qaratadi.
Bundan tashqari, arenaga yana bir «mashhur shaxs» chiqishi kutilmoqda. Shuningdek, «Tottenxem»ning sobiq himoyachisi Ramon Vega ham oʻz rejalari haqida maʼlum qildi, biroq hozircha unga nomzodini ilgari surish uchun zarur boʻlgan beshta tavsiyani milliy futbol federatsiyalaridan toʻplash nasib etadimi-yoʻqmi, nomaʼlum.
FIFAning yangi prezidenti uchun ovoz berish 2027-yil 18-martda boʻlib oʻtadi.






