Rossiya terma jamoasi darvozaboni Matvey Safonov Moskvaga boʻlgan aviareysda chamadonini yoʻqotib qoʻygani haqida gapirdi. "PSJ" darvozaboni milliy jamoaning noyabrdagi oʻyinlari uchun Rossiya poytaxtiga uchib keldi.
«Ishonishingiz mumkin, ishonmasligingiz ham mumkin, hozir soat 4:00. Agar unutmasam, hech kimni uygʻotmayman, ertalab [post] yuboraman. Soat 4:00, uchib keldim, mana baza boʻylab ketayapman.
Qanday ahmoqlik bu, shunchaki… Bagaj yoʻqolib qoldi. Bittasi. Yaxshiyam butsalar bilan emas, hech boʻlmasa mashgʻulot qilishga kiyim bor. Oxir-oqibat, albatta, u kelmaydi deb kutishgan. Garchi allaqachon kelmasligini tushungan boʻlsak ham, bizga: «Kutib turing» deyishdi. Kutdik, hujjatlarni rasmiylashtirdik.
Bagajni faqat bagaj rasmiylashtirilgan odam olishi mumkin. Ular: «Yetkazib berishni amalga oshirishimiz mumkin, muammo yoʻq», deyishdi. Ikki sutka ichida. Men esa allaqachon Oʻzbekistonga uchib ketayapman. Uni kimga yetkazib berasiz? Xullas, yaxshi boshlandi. Rahmat», – dedi Safonov oʻzining Telegram-kanalidagi videoda.
12 noyabr kuni Safonov tarkibidagi Rossiya terma jamoasi Toshkentda Oʻzbekiston bilan oʻynaydi. Uchrashuv “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtadi va 20:00 da boshlanadi.






