Oʻzbekiston ayollar terma jamoasining Olimpiada saralashidagi raqiblari aniqlandi

12 noyabr kuni Kuala-Lumpurda (Malayziya) 2028 yilgi Olimpiya oʻyinlari uchun ayollar futboli boʻyicha Osiyo saralash turniriga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Qurʼa natijalariga koʻra, Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi A guruhiga tushdi va u yerda Yaponiya, Avstraliya hamda Xitoy Taypeyi terma jamoalari bilan Olimpiya yoʻllanmasi uchun kurashadi.

Oʻzbekiston terma jamoasi uchun Olimpiya oʻyinlari saralash turniri qurʼasi
Oʻzbekiston terma jamoasi uchun Olimpiya oʻyinlari saralash turniri qurʼasi

Saralash turniri 2027-yil 19-apreldan 4-dekabrgacha boʻlib oʻtadi. Har bir terma jamoa oltita oʻyin oʻtkazadi: uchtasi oʻz maydonida va uchtasi safarda.

Reglamentga koʻra, ikkala guruh gʻoliblari 2028 yil Los-Anjelesdagi Olimpiya oʻyinlariga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oladi.

Ikkinchi oʻrinlarni egallagan jamoalar 2028 yil 28 fevral va 4 mart kunlari pley-offda uchrashadi. Ushbu qarama-qarshilik gʻolibi Olimpiadada ishtirok etish huquqi uchun qitʼalararo saralash oʻyinida Argentina terma jamoasiga qarshi oʻynaydi.

Izohlar
Izohlar yoʻq. Birinchi boʻling!