«Neftchi» «Bunyodkor»ni Superligada yirik hisobda magʻlub etdi

Oʻzbekiston Superligasining 26-turidan koʻchirilgan «Neftchi» va «Bunyodkor» klublari oʻrtasidagi uchrashuv Fargʻona jamoasi foydasiga 4:0 hisobida yakunlandi.

«Neftchi» har ikkala taymda ham ikkitadan gol urdi. Hisobni 7-daqiqada Vladimir Jovovich ochdi. Keyin 11 va 56-daqiqalarda gol urgan Xurshid Giyosov dubl qayd etdi. 74-daqiqada Jamshid Iskanderov yakuniy hisobni oʻrnatdi.

27-tur yakunlariga koʻra, «Neftchi» turnir jadvalida 64 ochko bilan birinchi oʻrinni egallab turibdi. Eng yaqin taʼqibchi, «Paxtakor», 59 ochko toʻplagan. «Bunyodkor» va «Xorazm» 26 ochkodan jamgʻarib, 13-14-oʻrinlarni boʻlishib turibdi.

Izohlar
Izohlar yoʻq. Birinchi boʻling!