«Manchester United» Maykl Kerrikni bosh murabbiy lavozimidan boʻshatdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Avvalroq «Manchester United» Maurisio Pochettinoni tayinlash boʻyicha kelishuvga erishgani maʼlum boʻlgandi. Hozirda argentinalik mutaxassis noyabr oyidagi Gaitiga qarshi ikkita oʻyin uchun AQSh terma jamoasi boshida qolishi kutilmoqda.
Ayni paytda AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlar qatoriga «Manchester City»ning sobiq bosh murabbiyi Pep Gvardiola ham kirdi. The Athletic portalidagi maʼlumotga koʻra, Amerika futbol federatsiyasi rahbariyati jamoaning amaldagi murabbiyi Maurisio Pochettino muddatidan oldin ketadigan boʻlsa, ispan mutaxassisni taklif qilishni rejalashtirmoqda.






