Shanba kuni, 14 noyabrda, Yaponiya terma jamoasi Singapurda boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik oʻyinida Braziliyani 3:2 hisobida magʻlub etdi.
Yaponlar Takefusa Kubo (15) va Keito Nakamura (19) saʼy-harakatlari bilan ikkita tezkor gol urishdi. 33-daqiqada Vinisius Junior braziliyaliklar farqini qisqartirdi, 75-daqiqada esa dubl qayd etib, hisobni tenglashtirdi. Yaponiya terma jamoasining gʻalaba golini qoʻshib berilgan birinchi daqiqada Tatsuki Sakamoto urdi.
26 yoshli Vinisius sentyabr oxiridan beri ilk bor gol urdi. “Real” vingeri ikkala golni ham jarima maydoni tashqarisidan zarbalar bilan kiritdi. Bugungi uchrashuvgacha u na klub, na milliy terma jamoa safida gol ura olmagandi.






