Oʻzbekiston terma jamoasi vingeri Nodir Abdurazzoqov Rossiya va Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyinlar uchun milliy jamoaga chaqirilganidan soʻng oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.
«Yigʻinga chaqiruv olish har qanday futbolchi uchun yoqimli. Men xursand boʻldim. Oʻzimni koʻrsatishga harakat qilaman.
Superligadagi oʻyinimdagi golimni nishonlashim (qoʻngʻiroq va rad etish ishorasi) meni terma jamoaga chaqirishmagani bilan bogʻliq emas edi. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda buni aynan shunday talqin qilishdi.
Rossiya va Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyinlar biz uchun foydali boʻladi. Rossiya, ehtimol, jismonan kuchli, Saudiya Arabistonida esa kuchli chempionat bor va bu, menimcha, uning terma jamoasiga ham taʼsir qiladi», — deya futbolchining soʻzlarini O‘KMK klubi Tribuna.uz keltiradi.
Oʻzbekiston terma jamoasi dushanbadan boshlab Rossiyaga qarshi (12 noyabr) va Saudiya Arabistoniga qarshi (17 noyabr) oʻyinlarga tayyorgarlikni boshladi






