Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi dzyudochi Murodjon Yuldoshev Zagrebdagi dzyudo boʻyicha Gran-prida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Sportchi 81 kg gacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etdi va turnir yakuniga koʻra ikkinchi oʻrinni egalladi.
Yuldoshev ishonch bilan turnir toʻrida oldinga siljib, finalga yetib bordi va u yerda kanadalik Fransua Gotye-Drapo bilan uchrashdi. Hal qiluvchi bellashuvda oʻzbekistonlik dzyudochi raqibiga yutqazdi: Gotye-Drapo uchun bu gʻalaba Gran-pri seriyasi turnirlaridagi ilk oltin medal boʻldi, Kanada terma jamoasi uchun esa bir kunda qoʻlga kiritilgan ikkinchi oliy mukofot boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq shu musobaqalarda bronza medalini Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova qoʻlga kiritgan edi.






