Bokschi Bektemir Melikuziev titul jangiga juda yaqinlashdi — WBA jangni tashkil etishga rasman start berdi.
WBA prezidenti Xilberto Mendoza, uni meksikalik Izquierdazo nashri iqtibos keltirganidek, assotsiatsiya ikkinchi oʻrta vaznda chempionlik jangini oʻtkazishni buyurganini maʼlum qildi.
Hozircha ikkinchi oʻrta vaznda WBA kamari Xayme Mungiyaga tegishli. Bu toifada kuchli natijalar koʻrsatayotgan Bektemir Melikuziev rasmiy ravishda titul uchun majburiy daʼvogar deb tan olingan. Jang oʻzbek boksi uchun muhim voqea boʻlishi mumkin.
Xayme Mungiyaning jamoasi (Meksikadan amaldagi chempion) va Bektemir Melikuzievning jamoasi (majburiy daʼvogar)da taxminan 30 kun bor — jang shartlarini 13 dekabrgacha kelishib olish kerak. Agar kelishuvga erishilmasa, jang savdoga qoʻyiladi. Shu bilan birga, gonorarlar nisbati qatʼiy belgilangan: 60% — chempionga, 40% — daʼvogarga.






